Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chiri} - sh ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chi-rish
Izoh(lar)i:
chiri fl

1. 1. Tabiiy ta’sirlar tufayli parchalanmoq; aynimoq, ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq. Chirigan ip. Chinor chirimas, archa qurimas. Maqol
Tutning shoxlari tegib turgan ayvon ustuni qorayib, chiriy boshladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Mayli, meni burdalab tashlasinlar, tanim zindonda chirisin. S. Karomatov, Bir tomchi qon

2. 2. Irimoq, aynimoq. Chirigan qovun. Chirigan olma.

3. ko‘chma hma Adoyi tamom bo‘lmoq, xazon bo‘lmoq. [Yo‘lchi:] Andak insof kerak, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan ko‘ksiga bigizni qadayvermang! Oybek, Tanlangan asarlar
— Nari turing, — La’li jahl bilan erining ko‘kragidan itardi. — Esiz umrim, bu g‘amxonada chirib ketayotibdi. H. G‘ulom, Mash’al

4. ko‘chma hma Umri tugab, o‘lib, yo‘q bo‘lib bormoq, halokatga yuz tutmoq. Zolimlar yoqqan o‘t yonmasin sira, Qora niyatlari chirisin dilda. G‘, G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Ko‘chirish qoidasi1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning 75–82- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi ko‘chirish to‘g‘risidagi imlo qoidasi to‘plami.

Ko‘chirish qoidasiquyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi: to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-takor, paxta-kor kabi. Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi: va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-omkabi. 2. So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, quyidagicha ko‘chiriladi: 1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi: a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi; 2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi: mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi. 3. O‘zlashma so‘zning bo‘g‘ini chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi: 1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi: dia-gramma, mono-grafiya kabi; 2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi. 4. Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi: pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiqchi, si-ngil, de-ngiz kabi. 5. Bosh harfdan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harfdan iborat qisqartma, shuningdek, ko‘p xonali raqam satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi: AQSH, BMT, O‘zMU, 16, 245, 1994, XIX kabi. 6. Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5-„A” sinf, V „B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi. 7. Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomi ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi: „Navro‘z–92” (festival), „O‘qituvchi–91” (ko‘rik-tanlov), „Andijon–9”, „Termiz–16” (g‘o‘za navi), „Boing–767” (samolyot), „Foton–774” (televizor) kabi. 8. A.J.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ism va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartma familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartma ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.