Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chiri} - l ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chi-ril-la-moq
Izoh(lar)i:
chiri fl

1. 1. Tabiiy ta’sirlar tufayli parchalanmoq; aynimoq, ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq. Chirigan ip. Chinor chirimas, archa qurimas. Maqol
Tutning shoxlari tegib turgan ayvon ustuni qorayib, chiriy boshladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
Mayli, meni burdalab tashlasinlar, tanim zindonda chirisin. S. Karomatov, Bir tomchi qon

2. 2. Irimoq, aynimoq. Chirigan qovun. Chirigan olma.

3. ko‘chma hma Adoyi tamom bo‘lmoq, xazon bo‘lmoq. [Yo‘lchi:] Andak insof kerak, uyat kerak. Cholning mehnatda chirigan ko‘ksiga bigizni qadayvermang! Oybek, Tanlangan asarlar
— Nari turing, — La’li jahl bilan erining ko‘kragidan itardi. — Esiz umrim, bu g‘amxonada chirib ketayotibdi. H. G‘ulom, Mash’al

4. ko‘chma hma Umri tugab, o‘lib, yo‘q bo‘lib bormoq, halokatga yuz tutmoq. Zolimlar yoqqan o‘t yonmasin sira, Qora niyatlari chirisin dilda. G‘, G‘ulom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.