1. 1. Biror maqsadda bor kuchini ishga solib harakat qilmoq; kuchanmoq.
Buqa orqasiga tisarilib, avvalo chirandi.
Sharq yulduzi
Sandiq juda og‘ir edi, zo‘rg‘a zinaga yaqinlashtirib, chirana-chirana, tepaga olib chiqishdi.
A. Ko‘chimov, Halqa
Arava qilt etmas ho‘kizlar harchand chirangani bilan, arava joyidan jilmas edi.
O‘. Hoshimov, Ikki eshik orasi
2. ko‘chma salb. lb. O‘z imkoniyatlarini hisobga olmay katta ketmoq; kerilmoq.
— Chiranmang, polvon, — dedi kulib O‘sarjon.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
O‘zing joysiz [noo‘rin] chiranganingdek, meni ham o‘z yoningga tortmoqchi bo‘lasan.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Alarga men: — Shohi Eron bilan urushaman, deb chiranmang, — dedim.
M. Osim, Karvon yo‘llarida