1. Kerakli qismi ishlatilgandan qolgan narsalar; chiqit, qoldiq.
Respublikamizdagi yog‘-moy kombinati chiqindisi yiliga 80 000 tonnadan ortib ketdi.
Fan va turmush
2. Axlat.
Jamiki axlat shu suvga tushadi. Ayniqsa yog‘ingarchilik, sel paytlarida yonbag‘irlardagi jami xonadonlarning chiqindilari o‘rlardan toshib, shu soyga tushadi.
S. Ahmad, Jimjitlik
3. ko‘chma salb.Tuban, past (odam haqida).
Sabr kosasi to‘lgan Qo‘ziboy aka umrida birinchi marta dag‘al gap qildi: — E, sizdaqa chiqindi E, hatto o‘g‘itga ham yaramaydi.
F. Musajonov, Chiqindi