1. Dag‘al buyumlar to‘qish uchun tayyorlangan yupqa tilim-tilim po‘stloq va undan to‘qilgan narsa.
Nariroqda atrofi chipta devor bilan o‘ralgan qo‘ra.
Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa
2. s. t.Poyezd, avtobus, samolyot kabi transport vositalarida yurish, uchish huquqini beruvchi bilet.
Mana bu gapni eshiting, Andijonga borganimda, Maksimka poyizga [poyezdga] chipta ololmay, nachaylikning [nachalnik — boshliqning] oldiga kirdim.
S. Ahmad, Hukm
2. Biror tomoshaxonaga yoki turli sport musobaqalari o‘tkazilayotgan joyga kirish huquqini beradigan rasmiy qog‘oz; bilet.
Paxtakorning o‘yiniga chipta qolmabdi.