Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chillaki}
So‘z bo‘g‘inlari: chil-la-ki
Izoh(lar)i:
chillaki [chil-la-ki ]

1. Erta-pishar uzum, uzumning eng oldin pishadigan turi. Oq kishmish, qora, oq chillaki, charos ko‘zlarni qamashtirguday serhosil. N. Safarov, Olovli izlar

2. sft.Ertapishar, ertagi. Chillaki shaftoli. Chillaki qovun.

3. sft. ko‘chma.Yaxshi tayyorlik ko‘rmagan, chala o‘qigan. Maorif ochgan kurslarda bir talay chillaki muallimlar o‘qishayotibdi. O‘rnimga o‘shalardan bittasini ola beradi-da. P. Tursun, O‘qituvchi

Antonim(lar)i: kechpishar
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.