Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chilla}
So‘z bo‘g‘inlari: chil-la
Izoh(lar)i:
chilla [chil-la ]

1. Yilning eng issiq yoki eng sovuq qirq kuni. Hali barvaqt bo‘lishiga qaramay, chilla emasmi, quyosh yonib bosh ko‘tarmoqda edi. Sharq yulduzi

2. etn.Bola tuqqan yoki tug‘ilgandan, qiz turmushga chiqqandan, yigit uylangandan, marhum ko‘milgan kundan keyingi qirq kunlik davr: turmushdagi ba’zi hodisa-holatlarning eng og‘ir, xatarli yoki mas’uliyatli davri. Xalq tabobatida chilla davri qirq kun hisoblanib, shundan yigirma kuni kichik chilla, yigirma kuni katta chilla deyiladi. O‘zME

3. din.Sufiy yoki muridning yakka o‘zi alohida xona (hujra)da, odamlardan yashirinib, qirq kun davomida toat-ibodat qilishi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.