Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chigal} - lash ( Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chi-gal-lash-moq
Izoh(lar)i:
chigal [chi-gal ]

1. Uchini topib, yozib bo‘lmaydigan, chalkashib, u yer-bu yeriga tugun tushib qolgan (ip, ingichka sim va shu kabilar haqida).[ Onam] Otamning bu javobidan chigal kalavaning uchini topganday, uni yaxshilab yechishga kirishdi. S. Ayniy, Esdaliklar

2. Chalkashib, murakkablashib ketgan; chalkash. Men ona yurtim, jonajon Orolim va uning chigal qismati haqida og‘ir o‘yga toldim. Gazetadan

3. Muammo; qiyin masala. Suv muammosi hal bo‘ldi-yu, boshqa chigal chiqdi. E. Samandar, Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.