1. Uchini topib, yozib bo‘lmaydigan, chalkashib, u yer-bu yeriga tugun tushib qolgan (ip, ingichka sim va shu kabilar haqida).[
Onam] Otamning bu javobidan chigal kalavaning uchini topganday, uni yaxshilab yechishga kirishdi.
S. Ayniy, Esdaliklar
2. Chalkashib, murakkablashib ketgan; chalkash.
Men ona yurtim, jonajon Orolim va uning chigal qismati haqida og‘ir o‘yga toldim.
Gazetadan
3. Muammo; qiyin masala.
Suv muammosi hal bo‘ldi-yu, boshqa chigal chiqdi.
E. Samandar, Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq