1. 1. Ruhiy yoki jismoniy qiyinchiliklarning tugashini sabr bilan kutmoq; ularga bardosh bermoq.
Og‘riqqa chidamoq. Qiyinchilikka chidamoq. Sovuqqa chidamoq. Tanqidga chidamoq. Qirqiga chidagan, qirq biriga ham chida.
Maqol.
Bu gap menga ancha og‘ir botdi, lekin chidadim.
Yoshlik
Toshning qirrasi oyog‘iga yomon botdi, lekin chidadi.
Yoshlik
2. 2. Ko‘p, uzoq muddat xizmat qilmoq.
Etigim uzoq chidadi. Bo‘zdan ko‘ra satin uzoq chidaydi.
3. 3. Turli sharoitlarda (o‘t, suv, zax va shu kabilar ta’siri ostida) o‘z xususiyatlarini saqlamoq.
O‘tga chidaydigan g‘isht. Kislotaga chidaydigan material.
4. 4. Yetmoq, kifoya qilmoq.
Yotib yeganga turum tog‘ chidamas.
Maqol
[Mirzakarimboy:] Har nimani bozordan olaversa, Sulaymonning g‘aznasi ham chidamaydi, jiyan.
Oybek, Tanlangan asarlar