1. Qiyinchilik, og‘riq, dard, alam va shu kabilarga chidaydigan; toqatli, to‘zimli, bardoshli.
Demak, Feruza chidamli bo‘la olmagan shaharlik yosh agronom yigit o‘rniga kelibdi.
H. G‘ulom, Feruza
2. Turli og‘ir tabiiy sharoitlarda yashay oladigan.
uzun tolali va har qanday kasalliklarga chidamli, ayniqsa, viltga chidamli navlar yaratish ishi oqsayapti.
Mirmuhsin, Umid
3. Uzoq xizmat qiladigan, chidaydigan; pishiq, puxta, mustahkam.
— Men hayronmanki, — dedi so‘zga chiqqan xo‘jalik mudiri, — xalq silliq va chidamli surp, chit va satinlarni olmay, qo‘-pol va dag‘al bo‘z va qalami orqasidan yuguradi.
S. Ayniy, Qullar
4. Turli sharoitlarda (o‘t, suv va shu kabilar ta’sirida) o‘z xususiyatlarini yo‘qotmaydigan.
O‘tga chidamli g‘isht.
-