Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chek} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chek-moq
Izoh(lar)i:
chek [chek ]

1. Tortmoq, urmoq. Armon bilan bilmaganni bildirar, Xanjar chekib, qora bag‘ring tildirar. Kun-tug‘mish

2. Boshdan kechirmoq, ruhan yoki jisman his qilmoq. Azob chekmoq. Mashaqqatlar chekmoq. foniy dunyo azob-uqubatlarini ko‘p chekkan banda boqiy dunyo rohatini ko‘radi. Mirmuhsin, Memor

3. Iste’mol qilmoq. U ayvon chekkasida sigaret chekib turardi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

4. Sanchib, kuydirib, bosib tasvir, naqsh, bezak hosil qilmoq, bezamoq. Egnida to‘q ko‘k sheviotdan kostyum, yoqalariga gul chekilgan och pushti bluzka. Oydin,Suhbati jonon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: chegara
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. alam chekmoq: juda qiynaldi

2. aziyat chekmoq: 1.azoblanmoq 2. zararli ta’sir, zarar-zahmat

3. faryod chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

4. jon chekmoq: astoydil, jonini jabborga berib ishlamoq, harakat qilmoq.

5. nola chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

6. oh chekmoq: chuqur qayg‘urib, iztirob bilan yig‘lamoq; oh tortmoq.

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.