1. Tortmoq, urmoq.
Armon bilan bilmaganni bildirar, Xanjar chekib, qora bag‘ring tildirar.
Kun-tug‘mish
2. Boshdan kechirmoq, ruhan yoki jisman his qilmoq.
Azob chekmoq. Mashaqqatlar chekmoq. foniy dunyo azob-uqubatlarini ko‘p chekkan banda boqiy dunyo rohatini ko‘radi.
Mirmuhsin, Memor
3. Iste’mol qilmoq.
U ayvon chekkasida sigaret chekib turardi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
4. Sanchib, kuydirib, bosib tasvir, naqsh, bezak hosil qilmoq, bezamoq.
Egnida to‘q ko‘k sheviotdan kostyum, yoqalariga gul chekilgan och pushti bluzka.
Oydin,Suhbati jonon