Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chayna} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chay-na-moq
Izoh(lar)i:
chayna fl

1. 1. Og‘izdagi taomni tishlar orasida maydalamoq, yumshatmoq. Ahmad parvoyi palak, og‘zini to‘ldirib, non chaynardi. F. Musajonov, Himmat
Otlar pishqirib turib, xushbo‘y ho‘l bedani ishtaha bilan chaynamoqda edilar. Oybek, O. v. shabadalar.

2. 2. Tirikchilik uchun ishlatmoq. [Yaxshiboyev:] Mayda chaynab yesang, bu pul senga ko‘p yilga yetadi. M. M. Do‘st, Lolazor

3. s. t. ayn. yn. G‘ajimoq 5. Mashina qo‘lini chaynab ketibdi.

4. ko‘chma hma Birovni g‘iybat qilmoq, yomon-lab gapirmoq; koyimoq. Dadasi bilan oyisi hamon uning opoq dadasini chaynayotgan edi. Yoshlik
[Yorqinoy] Bir kuni to‘yga borgan edi, xotin-xalaj nuqul uni chaynab o‘tirishdi. R. Rahmon, Mehr ko‘zda

5. ko‘chma salb. lb. Bir gapni hadeb qaytaravermoq; gapni cho‘zmoq; hal bo‘lgan masalani yana aylantirib muhokama qilavermoq. [Bo‘taboy] O‘zi ham aniq-ravshan bir so‘z aytolmay, gapni chaynay boshladi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: kavshamoq
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.