Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chay} - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: chay-moq
Izoh(lar)i:
chay fl

1. 1. Yuvilgan narsani toza suvga botirib yoki ustidan toza suv quyib, chayqab toza qilmoq. Bolakay darrov choynakni ariqchada chaya boshladi. R. Fayziy, Asad libosi

2. 2. Yuvmoq. [Yaxshiboyev] Shoshilmay vanna-xonaga kirib, yuz-qo‘lini chayib, artinib, shundan keyingina ichkariga o‘tdi. M. M. Do‘st, Lolazor

3. 3. Pok, toza tutish yoki davolash uchun suv yoki biror dorivor suyuqlik bilan yuvmoq; chayqamoq. Og‘iz chaymoq. Tomoqni soda bilan chaymoq. Sadaf kabi oq tishlarini bir-ikki chaydi-da, ariq bo‘yini va uning suvlarini tashlab ketdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

4. 4. Ho‘l, nam qilmoq (yog‘in-sochin, shudring haqida). Kechagina yoqqan jala o‘t-o‘lanlar bilan giyohlarni chayib o‘tibdi. N. Fozilov, Diydor.
Shudring chaygan yolg‘izoyoq yo‘ldan yuqoriga unsiz yurishdi. Yoshlik

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.