Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chayir}
So‘z bo‘g‘inlari: cha-yir
Izoh(lar)i:
chayir [cha-yir ]

1. Tolalari mahkam birikkan, yorilishi, ishlanishi qiyin (yog‘och-taxta, o‘tin haqida) U chayir to‘nkalar yoriladigan o‘tkir boltani olib otxona tomonga shaxdam yurib ketdi. H. G‘ulom, Mash’al

2. ko‘chma.Baquvvat, pishiq. Mansur. uning [Gavharning] nozik, ammo chayir qo‘lini mahkam qisdi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

Antonim(lar)i: mo‘rt
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. chayir I Ot
saksovullar oilasiga mansub, panjaga o‘xshab o‘sadigan yovvoyi o‘simlik

2. chayir II Sifat
1. Tolalari mahkam birikkan, mayishgan, sinish (yorilishi) qiyin. 2. Qotma, ammo mehnatga chidamli.

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.