1. 1. Chatmoq fe’lining birgalik nisbati.
2. 2. Duragay bo‘lmoq, duragaylashmoq.
Chatishgan mollar.
3. 3. Uzoq qarindoshlik munosabati bilan bog‘lanmoq.
— Ahmad Yassaviy balki bizning pirimizga chatishgan qarindoshdir? — so‘radi majlis ahlidan biri.
Oybek, Ulug‘ yo‘l
Asli ular bilan Anziratlarning chatishgan joyi bor — qarindosh.
Yoshlik
4. 4. Bir-biri bilan qo‘shilib, birlashib ketmoq.
Boboqayrag‘ochning o‘zaro chatishib ketgan shoxlariga boqib, islomiy mo‘jiza, deb o‘yladi yigit.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Bepoyon dalada bir botir uxlar: Sochlari chatishib ketgan giyohga.
X. Davron
5. ko‘chma hma O‘zaro qo‘shilmoq, birlashmoq.
Xorazm vohasi o‘zbek dostonchiligining o‘ziga xos, epik an’analar chatishib ketgan etnik regionlaridan biridir.
O‘TA
Avazning gapida yengil kinoya bilan samimiy ehtirom nozik bir usulda chatishib ketgan edi.
S. Siyoyev, Avaz