1. Suv kuchi bilan aylanib, katta ariqdan yuqoriga suv chiqaradigan eng qadimiy qurilma; chig‘ir.
Kech yengil shabadada barglar asta shildirar, bu mayin sas yalqovlanib aylanayotgan charx-palakning g‘irch-g‘irchiga qo‘shilib ketardi.
Y. Shamsharov, Toshqin
2. Madaniyat-istirohat bog‘lariga, bolalar maydonlariga o‘rnatiladigan, bir nechta kajavasi bo‘lgan, gorizontal o‘q atrofida elektr quvvati yordamida aylanuvchi katta g‘ildirak tarzidagi ko‘ngilochar inshoot.
[Qiz] Qiyqirib kular, tezlikni pisand qilmas, charxpalak yana o‘n marta tezroq charx ursa ham, unga kamlik qiladigandek edi.
A. Muxtor, Davr mening taqdirimda