Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {charx} - la - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: charx-la-moq
Izoh(lar)i:
charx [charx ]

1. Ip yigiradigan dukli qo‘l asbobi. Kimdir charx yigiryapti shekilli, g‘ir-g‘ir ovoz ham kelyapti. X. To‘xtaboyev, Yillar va yo‘llar

2. Har xil asboblarning, qurilmalarning aylanadigan qismi; parragi. — Yuringlar, o‘shal quduqning charxini aylantirurmiz, — dedi Alisher M. Osim, Karvon yo‘llarida

3. Kesuvchi asboblarning tig‘ini o‘tkirlaydigan, qayraydigan asbob. Charxda pichoq charxlamoq. -

4. Gardish, aylana. G‘aniyeva gap charxini aylantirib yuborish uchun: — La’lixonni ham olib kelmabsiz-da, — dedi. Oydin, Ko‘ngli to‘ldimi, yaxshi yigit

5. Falak; dunyo. Bu — charxning faqat bir-bir aylanishi, Hamal quyoshi ham taxtiga mindi. A. Isroilov

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: charq Ikki narsaning urilishidan hosil bo‘lgan ovoz; ko‘zning harakati turi. Ko‘zi charq ochilmoq. Charq etgan ovoz.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.