1. 1. Yorqin nur, olov uchqunlari sochmoq.
Zargarov sahroda yashin chaqnagan tunlarni yaxshi ko‘rar edi.
A. Muxtor, Bo‘ronlarda bordek halovat
Quyosh dam bulut orasiga kirib, dam keskin yaltirab chaqnardi.
Oybek, Navoiy
2. 2. Yarqiramoq, yalt-yalt etib tovlanmoq; yaltiramoq.
xuddi shu payt Muqaddas ham qaradi-da, sadaf tishlarini chaqnatib, bir kuldi.
O. Yoqubov, Muqaddas
Ko‘zlari hamon kulgidan chaqnab turardi.
Saodat
Cho‘qqilarning qil uchi xuddi qilich damidek chaqnab turibdi.
S. Ahmad, Jimjitlik
3. 3. Yorishmoq, yop-yorug‘ bo‘lmoq.
U [Komil] to‘g‘ri uyga kirib elektrni yoqib yubordi. Yasog‘liq xona chaqnab ketdi.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
Tuynukdan nur tushib, xonaning bir burchi chaqnab ketdi.
Yoshlik
4. 4. Aks etmoq; namoyon bo‘lmoq, ifodalanmoq, bilinmoq (nigoh, ko‘z qarashga nisbatan).
Nigohida nafrat chaqnab, beixtiyor kaftini peshonasiga bosdi.
S. Yunusov, Kutilmagan xazina
Olazarak ko‘zlarida faqat tashvish va hadik chaqnardi.
F. Musajonov, Himmat
5. ko‘chma hma Yashnamoq, gul-gul ochilmoq; yosh va chiroyli ko‘rinishga eta bo‘lmoq.
Skameykada o‘tirgan ona hali zamon qizining chaqnab, tog‘ kiyigidek o‘ynoqlab chiqishini kutardi.
Mirmuhsin, Umid
Chaqnab yurgan chog‘i yuzlari naqsh olmaday bo‘lib turar, endi o‘zini yoshligidagiday ko‘rgisi kelar edi.
Yoshlik
Shu qiyofada [Qobul Komilovich] xushqad yigitlarday chaqnab ko‘rinardi ko‘zga.
J. Abdullaxonov, Xonadon
6. ko‘chma hma Jo‘sh urmoq, tug‘yonga kelmoq.
Yuragingda chaqnasin faqat Yorug‘ xayol, samoviy o‘tlar.
A. Oripov