Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chaq}
So‘z bo‘g‘inlari: chaq-moq
Izoh(lar)i:
chaq fl

1. s. t. t. Pista, bodom, yong‘oq va shu kabilar qattiq po‘choqli mevalarni yoki ba’zi ho‘l mevalarning danaklarini tishlab yoki biror narsa bilan urib yormoq. Abdi-shukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirardi. Oybek, Tanlangan asarlar
Zarar qarag‘ay danakni tishda chaqmoq. Habibiy
Bola yong‘oqni chaqish uchun atrofiga ko‘z yugurtirib, tosh qidirdi. Yoshlik

2. 2. Qattiq narsani sindirib maydalamoq, bo‘lak-bo‘lak qilmoq; ushatmoq. Tosh chaqqan, sement qorgan ham o‘zim Mirtemir
Oppon qirrali stakan labiga tuxum urib chaqdi-da yaxshilab archib, lunjiga soldi. S. Ahmad, Saylanma

3. 3. Bir-biriga urib, surtib, olov chi-qarmoq; yondirmoq. Gugurt chaqqandim, ko‘zim to‘rdagi yog‘och sandiqqa tushdi. Sh. Xolmirzayev, Yo‘llar, yo‘ldoshlar
Baratov, papiros olib, gugurt chaqdi. S. Zunnunova, Yangi direktor

4. ko‘chma hma Chaqa qilmoq ( Yalang oyoq yurib ko‘rsam, shag‘al barmoqlarimni chaqib tashladi. H. Nazir, Bir tup g‘o‘za

5. ko‘chma hma Charchatmoq, urintirmoq. — Bugun loyda ishlaysan. Qorningni to‘qlamasang, loy chaqadi, — dedi [Yigitali]. T. Malik, Ajab dunyo
Elchi Muhammadalini yo‘l chaqib qo‘ygan, bir necha kundan beri o‘z mehmon-xonasida dam olib yotar edi. M. Osim, Elchilar

6. ko‘chma hma Mazmun-mohiyatini anglamoq; yechimini topmoq. Iboralar ko‘p, iboralarning ma’nolari ham ko‘p, har birini chaqish kerakki, keyin qo‘lingda fonus bo‘lib, yo‘lingni yoritadi. M. M. Do‘st, Lolazor
[Hafiz] Alyoxinning etyudlarini yong‘oqday chaqib tashlardi, qurg‘ur. A. Muxtor, Tug‘ilish

7. 1. Tishlab yoki nayzasini sanchib jarohatlamoq, og‘ritmoq yoki zahar solmoq (ilon, chayon, ari kabi gazandalar, chumoli, burga, chivin kabi hasharotlar haqida). Ma’lumki, Hindistonda ilon chaqishidan har yili minglab kishi halok bo‘la-di. Fan va turmush
Bir marta chayon chaqib oluvdi, hozir o‘sha esimga tushib ketdi. X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Oyog‘ini chaqayotgan chumolini ushlab, ko‘zdan kechirdi. Yoshlik

8. ko‘chma hma Achchiq gaplar aytmoq, zahrini sochmoq. otang o‘lgur chaqa-man deydi. Oybek, Nur qidirib
Vaqt o‘tgan sari onaning gumonlari asossiz ishonchga aylana bordi, u zaharli kinoyalar bilan kuyovini chaqib ola boshladi. F. Musajonov, Bahor nafasi

9. ko‘chma hma Chaqimchilik qilmoq, gap tashib, g‘iybat qilmoq. u o‘zi ishlamagani ishlamagan, kishilar haqiga xiyonat qilmoqda. Ya na., bizni amirzodaga chaqadi. Mirmuhsin, Me’mor
Kim sizga shunday deb chaqqan bo‘lsa, bekor aytibdi. S. Abdulla, Mavlono Muqimiy

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. chaqmoq I Fe’l
gazandaning zaharlashi

2. chaqmoq II Ot
Atmosferada elektr zaryadlarining chaqnashi, chaqin; chaqishdan hosil bo‘lgan bo‘lak (bir chaqmoq qand)

Paronimi: chaqnoq Chaqnab turgan; yarqiroq; nurli, yorqin.
Qomus: mavjud emas.

1. yashin (yoki chaqmoq) tezligida: Juda tez, ko‘z ochib yumguncha

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.