Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chaqiriq}
So‘z bo‘g‘inlari: cha-qi-riq
Izoh(lar)i:
chaqiriq [cha-qi-riq ]

1. Chaqirish maqsadida aytilgan so‘z, gaplar. G‘afur akaning: — Qochadigan odam yo‘q, kelavering, — degan hazilnamo chaqirig‘i eshitildi. Shukrullo, Javohirlar sandig‘i

2. Biror xatti-harakatga undash, da’vat qilish. Komandirning chaqiriqlari vzvod jangchilarini jasoratga chorlardi. Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi

3. Xonadonda biror munosabat bilan o‘tkaziladigan mehmondorchilik, ziyofat. Yaqinda bir tanishim qizining tug‘ilgan kuni munosabati bilan mehmon chaqiriq qildi. M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi

4. Sho‘ro davrida: partiya, hukumat yoki syezd, qurultoy, majlis va shu kabilar tomonidan e’lon qilingan murojaat, da’vat yoki shiorlar. Bo‘taboy so‘zining oxirida chaqiriqqa o‘zining tayyor ekanini bildirdi. A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari

5. Navbatdagi saylovdan keyin hamkorlikda ish olib boruvchi deputatlar tarkibi.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.