Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chaqa}
So‘z bo‘g‘inlari: cha-qa
Izoh(lar)i:
chaqa [cha-qa ]

1. Asosan mis, jez singari metallardan yasalgan, qiymati past mayda tanga pul. Oq ko‘ylak ustidan olacha ipak to‘n kiygan, gavdasi yo‘g‘on baqqol yosh xaridorning aytgan narsalarini tortib, qo‘lidan mayda chaqalarni oldi. M. Osim, Ibn Sino

2. Bir tiyin. [Otabek va Ali] Dasturxonni yig‘ishtiruvchi kelinchakka o‘g‘il tilab duo qilgandan keyin, qo‘liga o‘ttiz chaqa surma puli berdilar. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar

3. Umuman pul, mablag‘. Temirchi yigitning chaqasi miyonagina to‘yga yetarli bo‘lib qolganida, Xolxo‘ja qo‘rboshi yigitlarining xuruji boshlandi. S. Ahmad, Hukm

4. Kichik yara, jarohat. Pulni yuz-betiga chaqa toshgan ikkita o‘spirin oldi. M. M. Do‘st, Galatepa qissalari

5. Biron-bir zarb, ta’sir natijasida narsalarning yuzasida hosil bo‘lgan o‘yiq. Plastmassadan qilingan shkaf urilib, chaqa bo‘ladi yoki stulning oyog‘i tez sinib qoladi, deb sira xavotirlanmang. Saodat

6. Bola, farzand.

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. chaqa I Ot
kichik jarohat, yara; qattiq jismga urilib, qayrilgan holat

2. chaqa II Ot
oddiy metaldan yasalgan tanga

3. chaqa III Ot
sheva. chaqaloq

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. bir chaqalik: qadr-qiymatsiz

2. chaqa qilmoq: Sotmoq, pullamoq.

3. sariq chaqalik: hech

1. Chaqaloq – go‘dak – bola – o‘smir – yigit – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(ulg‘ayganlik belgisiga ko‘ra)

2. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

3. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

4. Ninni – go‘dak – chaqaloq – bola – o‘smir – yigit – o‘rta yosh – chol
Ma’nosiga ko‘ra
(yosh xususiyatining katta-kichikligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.