1. 1. Surtmoq, surkamoq.
Onasi uni cho‘miltiradigan bo‘lsa, ertalabdan boshiga qatiq chaplab qo‘yardi.
S. Ahmad, Saylanma
2. 2. Kaftiga olib urib yopishtirmoq.
yigit molxona devoriga loy chaplay turib, qallig‘iga o‘tli-o‘tli qarab qo‘yadi.
Yoshlik
3. Chap tomonidan yoki chap berib o‘tmoq.
[Otabek] Ikkinchi bekatdan yo‘lni chaplab, Toshloq darvozasi orqali yana qaytib Marg‘ilonga kirgan edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar