Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {changal}
So‘z bo‘g‘inlari: chan-gal
Izoh(lar)i:
changal [chan-gal ]

1. Panja, chang. Burgut changali. Ayiq changali. Birdan Poshsha xola changalini yozib, Yigitaliga qaradi. D. Nuriy, Osmon ustuni

2. Ko‘chma Iskanja. U dadasini hech qachon bunchalik g‘am va iztirob changalida ko‘rmagan edi. Sharq yulduzi

3. Siqimga sig‘arli narsa, bir siqim. Yog‘ochga qistirib qo‘yilgan isiriqdan bir changal solib chiqdi. Sh. Xolmirzayev, Og‘ir tosh ko‘chsa

4. Tikanli butalar, o‘simliklar. Ular chapga burilib, o‘t bosgan katta ariqdan yigirma-o‘ttiz qadam yurgach, to‘p-to‘p changal boshlandi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

5. Changalzor. [Yo‘lbars] Mangu qochar, qochar tog‘lardan, O‘rmonlardan, changal, to‘qaydan. Sh, Rahmon

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.

1. changal I Ot
panja, changal

2. changal II Ot
tikanli butalar, o‘simliklar qoplami

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.

1. changal soldi: 1)astoyidil tashlandi 2)g‘ayri qonuniy tarzda yopishdi

2. o‘lim changali: O‘lim xavfi, o‘lim iskanjasi.

3. yuragini changallamoq: biror falokatning voqe bo‘lishidan benihoya qo‘rqqan holda

Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.