1. Marta, karra, martaba.
Havasi ming chandon oshib ketdi.
M. Muhamedov, Qahramon izidan
2. Har qancha, qanchalik.
Mirzayev raqibining oyog‘ini yerdan uzishga chandon intilsa ham, Rajab soldatcha chapdastlik qildi va uni azot ko‘tarib qo‘ydi.
H. Nazir, Mayoq sari
3. Astoydil; yetarli darajada.
San’atkor Solihboy rolining tekstini chandon o‘qib, uni yodlab olgan bo‘lsa ham, qanoat hosil qilmadi.
F. Jo‘rayev, Obid Jalilov
4. Bo‘lishsizlik shaklidagi fe’l bilan kelib, hech ham, aslo degan ma’nolarni ifodalaydi.
Aziza onasidan Yodgorning bir qoshiq suv bilan yutgulik qizni yetaklab yurganini eshitganda, chandon ishonmagan edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol