1. Kosa, tovoq va shu kabilarga narsa solib osib qo‘yish uchun simdan, novdadan va egiluvchan materiallardan yasalgan halqa.
Kechqurun sog‘ilgan sutni dokada suzib olinadi va maxsus sopol idishga quyib, chambarakka osib, sal-qin joyga olib qo‘yiladi.
K. Mahmudov, O‘zbek tansiq taomlari
2. G‘ildirak, doira shaklidagi; doiraviy.
Choyxonachi ko‘kqarg‘a shoyi chorsini chambarak qilib tang‘igan Zulun Chayirga im qoqdi.
Q. Kenja, Notanish gul