Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chal} - in ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi;Ot yasovchi So‘z yasovchi;Sifat yasovchi So‘z yasovchi;Nisbat qo‘shimchalari Lug‘aviy shakl yasovchi ) - moq ( Fe’lga qo‘shiluvchi lug‘aviy shakl yasovchi Lug‘aviy shakl yasovchi )
So‘z bo‘g‘inlari: cha-lin-moq
Izoh(lar)i:
chal fl

1. 1. Musiqa asbobida biror kuy, ohang ijro etmoq. Nog‘orachi yigit usta ekan! Shunday berilib, shunday terga botib chaldiki, osmon pardasini yirtib yuborguday bo‘ldi. O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol

2. 2. Sado, ovoz chiqaradigan, signal beradigan asboblarni ishga solmoq. Qo‘ng‘iroq chalmoq. Gudok chalmoq. O‘t o‘chirish mashinasi ustma-ust signal chaldi.

3. 3. Biror a’zo vositasida tovush, sado, ovoz chiqarmoq (odam haqida). Sher chapak chalaman deb, qo‘lidan ko‘kchani tushirib yuborishiga sal qoldi. S. Anorboyev, Hamsuhbatlar
Ashur ikki barmog‘ini og‘ziga tiqib, hushtak chaldi. N. Aminov, Qahqaha

4. 4. Sado, ovoz chiqarmoq (jonsiz narsalar haqida). Men boray, kurtaklar kutib qoldilar Men boray, shamollar hushtak chaldilar. Yoshlik
Yellar chalgan chapakdan Novdalar uxlar qonib. Yoshlik

5. 1. Birovning oyog‘ini o‘z oyog‘i bilan ilib, tepib, uni yiqitmoq yoki gandiraklatmoq. Zarina epchillik bilan Siparangizni chalib, uni yiqitib yubordi. M. Osim, Karvon yo‘llarida

6. ko‘chma hma Xalal bermoq; zarar yetkazmoq. Bilaman, bari ishni o‘sha qilyapti, menga o‘chakishgan, qadamda chalmoqchi bo‘ladi. Yoshlik

7. shv. hv. Kesmoq, qirqmoq, yiqmoq. Qirq jallod hunarini boshladi, Kim ko‘ndalang bo‘lsa, chalib tashladi. Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
Indamay o‘roq chalaverdim. Yoshlik

8. shv. hv. O‘ramoq, bog‘lamoq; taqmoq. O‘ng qo‘lini to‘lg‘ab olib, Boshga ro‘molini chalib Nurali
[Avazxon:] Maydon kuni bedovimni yelayin, Olmos, po‘lat qayrab, belga chalayin. Gulshanbog‘
Go‘ro‘g‘li shamshirin beliga chaldi. Gulshanbog‘

9. shv. hv. Qoplamoq, o‘ramoq. Hut kirganda, tog‘ni tuman chaladi. Gulshanbog‘

10. 3. Qormoq, aralashtirmoq. Tuxum chalmoq. Jannat xola shoshib, un chalib, quymoq qildi. S. Ahmad, Ufq

11. 4. Naridan-beri; chala-chulpa supurmoq. U uyni supurgi bilan chalib chiqdi. H. G‘ulom, Mash’al

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.