Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {chakana}
So‘z bo‘g‘inlari: cha-ka-na
Izoh(lar)i:
chakana [cha-ka-na ]

1. Donalab, maydalab yoki kichik to‘p bilan sotiladigan va sotib olinadigan. Chakana savdo. Chakana narxlarni o‘zgartirish mumkinligi, shubhasiz, hozirgi paytda eng munozarali masaladir. Gazetadan

2. Unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan; arzimas, mayda-chuyda. Xosiyat xolaning erlari ham chakana paxtakor bo‘lmagan ekanlar. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

3. Mayda chorva mollari, qo‘y-echki va aholiga tegishli shunday mollarni boquvchi. Shu kundan e’tiboran askar chakana cho‘pon bo‘ldi Adirda uzun kun chakana mol boqdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.