Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {buvi}
So‘z bo‘g‘inlari: bu-vi
Izoh(lar)i:
buvi [bu-vi ]

1. Otaning yoki onaning onasi. Mungli ko‘zlari mehrga to‘la bu nozik kampir Shukurovga marhum buvisini eslatdi. O. Yoqubov, Diyonat

2. Ona, oyi. Yig‘lamang, buvi, xudoning irodasi, — dedi G‘ulomjon, bunday gaplar onasining qalbiga malham bo‘lmasligini bilsa ham. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha

3. Tilga olinayotgan kishi ismidan keyin kelib, shaxsning keksaligini, unga yaqin-lik, hurmatni ifodalaydi. Gulsum opa idoradan chiqib, to‘g‘ri Mohira buvinikiga ketdi O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.