1. rvsh.So‘z borayotgan paytda kechirilayotgan yoki kechirilgan kun, kecha-kunduz. Men senga munosib emasligimni bugun bildim. S. Ahmad, Ufq. Azizxonning buguniga, ertasiga Lutfiniso juda-juda zarur edi. S. Ahmad, Ufq
2. ot vzf.Hozirgi payt, hozirgi kun. Bugunimiz juda yaxshi, ertamiz bundan ham yaxshi bo‘ladi. Bugunni o‘ylama, ertani o‘yla. Maqol
3. Yaqin fursatda, tez orada, hademay. Mana shularni [dushman tayyorgarligini] nazarga olganda, bugun bo‘lmasa, ertaga juda dahshatli jang boshlanishi muqarrar edi. A. Qahhor, Oltin yulduz
1. Kecha – bugun – erta – indin Ma’nosiga ko‘ra (zamoniyligiga ko‘ra )