1. Aholi savdo-sotiq qiladigan maxsus joy, maydon.
Otang — bozor, onang — bozor.
Maqol
2. Shunday joyda savdo-sotiq qilinadigan kun.
Oyda-yilda bir bozor, uniyam yomg‘ir buzar
Maqol
3. ko‘chmaG‘ala-g‘ovur, chug‘ur-chug‘ur, shovqin-suron, sho‘xlik holati.
Bolali uy — bozor, bolasiz uy — mozor.
Maqol
4. iqt.Sotuvchilar bilan xaridorlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari.
Jahon bozori. Tashqi bozor. Ichki bozor. Bozor islohotlari. Bozor xo‘jaligi.
O‘zME
5. ko‘chmaTaqdir, qismat.
Izinda jo‘rasi ko‘rmakka zordir, Ma’shuqlik deganing qiziq bozordir
Qo‘shiqlar
6. ko‘chmaBiror harakat yoki faoliyatning haddan oshishi, avjiga chiqishi, qizishi.
Ajalning bozori shunday qizidi, Qizil qonga tulpor otlar to‘zidi.
Ergash Jumanbulbul o‘g‘li
7. Bozor, Bozorxon (erkaklar va ayollar ismi).