1. Boya, hali sodir bo‘lgan, boya yuz bergan, ko‘rilgan, eshitilgan; haligi.
Zokir ota xolaning boyagi shikoyatini eslab, ko‘nglidagi gapni aytolmadi.
Guldasta
Anvar kuldi. Ammo bu kulish uning boyagi kulgilaridan tamoman boshqa, ya’ni baxtiyorlik kulgisi edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Yomg‘ir boyagidan ancha tezlashgan bo‘lsa.-da, osmon yorisha boshlagan edi.
S. Karomatov, Oltin qum