1. esk. kt. Soxta, yolg‘on, asossiz; foyda-siz.
— Aytib kel u fikri botilni?! — dedi u shiddat bilan Asad qoriga.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Botil so‘zlarga quloq solma.
Mirmuhsin, Temur Malik
Qil yaxshilig-u demakni doxil qilma, Minnat bila yaxshilikni botil qilma.
A. Navoiy, Hikmatli so‘zlar
2. shv. Yaroqsiz holga kelib, ishlatilmay qolgan (ariq, zovur haqida).
Bu damba qachonlardir botil bo‘lib qolgan Bo‘zyop ariq dambasi edi.
Sharq yulduzi