1. huq. uq. Birovning mol-mulkini talash maqsadida oshkora amalga oshirilgan o‘ta og‘ir ijtimoiy jinoyat.
Bosqinchilikmi, podachilikmi, ketmonchilikmi — qanday ish bo‘lsa ham, mayli.
I. Rahim, Ixlos
2. 2. O‘zga yurtni bosib olish, istilochilik, tajovuzkorlik, agressorlik.
Ming-minglab bebaho obidalarimiz turli sabablar bilan, ayniqsa, bosqinchilik urushlari natijasida yo‘q qilingan yoki o‘zga yurtlarga olib ketilgan.
Fan va turmush
3. 3. Birovning nomusiga tegish, tajovuz qilish.
[Tantiboyvachcha] Gulnorga bosqinchilik qilishga Jondorboyni sherik qilmoqchi bo‘ldi-da, piyoladagi achchiq choyni ho‘plab, gapirdi.
Oybek, Tanlangan asarlar