Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bosqinchi}
So‘z bo‘g‘inlari: bos-qin-chi
Izoh(lar)i:
bosqinchi ot

1. 1. Zo‘rlik bilan bostirib kelib talovchi qurolli o‘g‘ri, bandit. Bu o‘sha — Yusufbek, xotinini o‘g‘irlab ketgan bosqinchi. X. Ahrorova, Orifning davlati
Qadimda Urgut qishloqlariga bosqinchilar tez-tez hujum qilar ekan. Saodat
Bosqinchi so‘zining ma’nosi shulki, Nonga to‘yganda ham, to‘ymas makonga. A. Oripov

2. 2. O‘zga yurtni, elni bosib oluvchi; tajovuzkor, agressor. Bosqinchilar yurtimizdan chiqib ketmaguncha, biz undan o‘ch olamiz. I. Rahim, Chin muhabbat
Bosqinchilar shaharga kira olmabdi, lekin qamalni uzoq davom ettiribdi. Fan va turmush
Erkinlik jazmida xalqning barisi Bosqinchi lashkarga qilardi hamla. M. Shayxzoda
Yurtni bosqinchilardan himoya qilish — hammaning ishi. Mirmuhsin, Me’mor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: agressor [r]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.