1. 1. Ustiga oyoq qo‘ymoq.
Bemahal yurgan go‘ng bosar.
Maqol
Qurbaqani bossang, vaqirlaydi.
Maqol
Ot bosgan yerni toy bosadi.
Maqol
Ko‘rmayin bosdim tikanni, Tortadirman jabrini.
Oq olma, qizil olma
Muhiddin asfalt yuzidagi oq muz donachalarini bosib, telefon stansiyasi tomon yurib ketdi.
R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi
Zulayho yalang oyoqlari bilan poyani chip-chip bosib, uning tepasiga keldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. 2. Ustidan yurib, o‘tib ezmoq, shikastlamoq yoki o‘ldirmoq
Bu qanday maynabozlik! Bosib-yanchib o‘tabermaysanmi?
Oybek, Tanlangan asarlar
Mashina olganiga ikki oy bo‘lgan bo‘lsa, shu ikki oy ichida naq beshta tovuq, yettita mushuk bosdi.
S. Ahmad, Tog‘larda
Mansur kuz chechaklarini bosib borarkan, tag‘in Gavharni o‘yladi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. 3. Qo‘l bilan ushlab turmoq, ezg‘ilamoq, bo‘g‘moq.
Chap qo‘lim bilan qattiq bosib turdim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Polvon uni bir tepib, yerga ag‘anatdi-yu, bo‘g‘zidan bosib turaverdi.
S. Siyoyev, Avaz
Engashibroq ikki qo‘llab Sheralining to‘piqlari atrofini bosib turdi.
S. Karomatov, Oltin qum
Tabib darrov ko‘zini yumib, barmog‘i bilan bosdi.
A. Qahhor, Asarlar
4. 4. Kuch bilan itarmoq, siqmoq.
Tugmani (tugmachani) bosmoq. Qo‘ng‘iroqni bosmoq.
▬
Sulaymonov trubkani qo‘yib, tantanali ravishda knopkani bosdi.
A. Qahhor, Asarlar
Kabir Otaqulovich ikki tavaqali ko‘k eshik chekkasidagi tugmachani bosdi.
U. Usmonov, Sirli sohil
Ahmad odati bo‘yicha qo‘ng‘iroqni uch marta ketma-ket bosdi.
F. Musajonov, Himmat
Jahl bilan duch kelgan tarafga qarab tepkini bosdi.
S. Ahmad, Ufq
5. 5. Kuch bilan siqib, iz tushirmoq, qoldirmoq.
Muhr bosmoq. Tamg‘a bosmoq. Chitga gul bosmoq.
▬
Avvaliga pochta muhr bosishni unutgandir, dedik.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
6. 6. Tiramoq, siqib itarmoq.
Ziyodulla tomog‘i qirilib, quruq yo‘taldi, ko‘kragini stolga bosib, o‘yga toldi.
H. G‘ulom, Mash’al
Uzoq qish kunlari davomida oppoq siynasini yerga bosib yotgan qor bahor quyoshining iliq taftiga dosh bera olmay singib ketdi.
Gazetadan
7. 7. Zarb bilan urib yasamoq, zarb qilmoq.
8. fiz. iz. O‘z og‘irligi yoki elastik kuchi bilan ta’sir qilmoq, siqmoq.
Suyuqliklar har tomonga baravar kuch bilan bosadi.
9. 9. Ma’lum bir narsani boshqa bor narsa ustiga qo‘ymoq, tegizmoq; to‘smoq.
Nazirqul uning yelkasini ishqadi, latta ho‘llab, peshonasiga bosdi.
S. Ahmad, Hukm
Qizning qo‘llariga asta qo‘limni bosdim.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Rustamjon Mehrixonning yumshoq qo‘llarini, binafshalarni yuziga bosdi.
Saodat
Kam pir doka ro‘molining uchini labiga bosib, yerga qaradi.
A. Qahhor, Asarlar
Xalcha xola bo‘lsa, bir chekkada gung bo‘lib, ro‘molining uchini og‘ziga bosib turibdi, bir akamning aftiga, bir oyoqlariga qaraydi.
M. Mansurov, Yombi
10. 10. Chop qilmoq, nashr etmoq.
Kitob bosmoq. Matnni mashinkada bosib ko‘paytirmoq. Suratini bosib chiqarmoq.
▬
— Bu yerda o‘tgan mojaroni Qumrixonga aytib bering, hikoya qilib yozsin, albatta, bosib chiqaramiz, — dedi.
A. Qahhor, Bek
Shundan keyingina gazetalarda podsho taxtidan tushganligi xabarini bosib chiqarishga ruxsat tegdi.
K. Yashin, Hamza
11. 11. Ko‘p miqdorda ustma-ust qo‘ymoq, taxlamoq, zichlab yig‘ib qo‘ymoq, zichlab joylamoq yoki ortmoq.
Qanorga un bosmoq. Aravaga beda bosmoq.
▬
Bizning Qalandarboy kuzda kambag‘allarning paxtasini arzon-arzon sotib olib, saroyiga bosib qo‘yadi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Haydar ota qarasa, shu yalanglikka yantoq bosib qo‘yishibdi.
A. Qahhor, Asarlar
Uy egasi oshga sabzi bosib, Otabek yoniga keldi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
12. 12. To‘shamoq, yotqizmoq; to‘smoq, berkitmoq.
Yo‘lga shox bosmoq.
▬
Suvni uch-to‘rt chaqirim yuqoridan ikki yog‘iga chim bosib, ko‘tarib kelish lozim bo‘ladi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Shartta fufaykamni yechdim-u, o‘pirilgan joyga bosdim.
E. Raimov, Ajab qishloq
13. 13. Qo‘ymoq, surtmoq, tortmoq.
Bu kim bo‘ldi? Yuzlari xuddi olmaday tarang. Bir juft quralay ko‘zi surma bosganday qora.
Hamza, Boy ila xizmatchi
Bir vaqt qarasam, surma bosgan ko‘zlari g‘amgin bo‘lib qoldi.
S. Ahmad, Hukm
14. 14. Ilgari surilmoq, ilgarilab bormoq, yurmoq.
Yo‘lchi oldingi qatordagi erkak va ayollar bilan birga hayqirib, yana mahkama sari bosib bordi.
Oybek, Tanlangan asarlar
15. 15. Qoplamoq, o‘rab olmoq, qamramoq; egallamoq; elitmoq.
Ter bosmoq. Tuman bosmoq. Qorong‘ilik bosmoq. Zulmat bosmoq. Ajin bosmoq. Uyqu bosmoq. Zulmat bosgan atroflar go‘yo qiron yetgan o‘lkaday besas. Sh. Rahmon, Yurak qirralari. U
▬
Mahmudjonni muzdek ter bosdi.
Mushtum
Ranglari oqardi, ko‘z oldini quyuq tuman bosdi.
J. Abullaxonov, Oriyat
Atrofni g‘ira-shira qorong‘ilik bosgan, qamishlar vahimali shitirlar edi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Nasimlarning eshigiga yetganda, bir zumda yuragini hayajon bosdi.
F. Musajonov, Hukm
Uning [Onaxonning] vujudini qo‘rquv bosdi.
A. Muxtor, Opa-singillar
Qo‘llari titradi, ko‘zlarini hasrat bosdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Gulnorning yuragi kuchli to‘lqinlandi, butun gavdasini totli bir titroq bosdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Shamol turdi, qum ko‘cha boshladi, yer-ko‘kni qum bosdi.
K. Yashin, Hamza
Qop-qora is bosgan shipidan qamishlar osilib turardi.
Oybek, Tanlangan asarlar
16. 16. Tinchlantirmoq, tinchitmoq, tiymoq; hovuridan tushirmoq, epga keltirmoq.
Janjalni bosmoq. To‘polonni bosmoq.
▬
Samandarov qalamining orqasi bilan stolni qoqib, g‘ovurni bosdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Orifjon xotinini bosib qo‘ydi.
S. Ahmad, Saylanma
Xalqni bosish kelmay-dimi qo‘lingdan?
H. Olimjon
17. 17. Kamaytirmoq, pasaytirmoq yoki to‘xtatmoq; qondirmoq.
— Og‘riqni bosadigan yaproq topib kelaman, — dedi Majid. — Shu bilan ovunaman, Hovrimni bosaman, aka.
N. Safarov, Olovli izlar
Bu uqubatli kunlarning alamini devor oshib kelgan yigitning erkalashlarigina bosa olardi.
S. Ahmad, Hukm
Shaftolining sersharbat etlari yozning issiq kunlarida chanqoq bosdi bo‘ladi.
K. Mahmudov, Mevalar
Haydarboyning ko‘rimsiz choynaklaridagi quyuq va suyuq choylari o‘tgan-ketgan yo‘lovchilarning ham chanqovini bosib turadi.
P. Tursun, O‘qituvchi
18. 18. Kuch (zo‘rlik) bilan bostirib kelmoq, egallamoq, ishg‘ol qilmoq.
Yigitning sarasi yov bosganda bilinar.
Maqol
Kunlardan bir kun mana shu boyning uyini kuppa-kunduz kuni namozgar paytida o‘g‘ri bosdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Dod! Voy dod! Qaroqchilar bosdi!!!
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Dushman bosgan ona yurt uchun Yasalgandek qilich-u nayza.
X. Davron, Bolalikning ovozi
Birdan bosdi johil olomon.
Guldasta
Dushmanlar kechuvdan o‘tib, shaharni bosib olishibdi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
19. 19. To‘satdan kelmoq, ko‘pchilik bo‘lib kelib qolmoq.
Uyni mehmon bosdi.
▬
Iye, Xolmat akani mehmon bosgan, shekilli.
O‘zbekiston qo‘riqlari
20. 20. Qulamoq, ag‘anamoq.
Bu og‘il bosib qolmasa, deb qo‘rqaman.
Oybek, Tanlangan asarlar
Ikki bo‘lmali kichkina pastqam uy, tom bosay deb turibdi.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Yo‘lkalarni bosib qolgan xarobalar ustida bolalar irg‘ishib yurar edi.
A. Qahhor, Asarlar
21. 21. Ushlab, chegirib qolmoq.
Ishlagan haqini qarziga bosib qolibdi.
22. 22. Ustun kelmoq, ustun kelib oshib tushmoq.
Asta-sekin boshlangan chapak tobora avj olib, soz ovozini bosib ketdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Haligi gajakdor juvon ikki qo‘lini ham, ovozini ham baland ko‘tarib, g‘ala-g‘ovur, shovqinni bosib tushdi.
A. Muxtor, Opa-singillar
23. 23.
Dasturxonning chetini bosmoq.
▬
kim yoniga borsa, Zebini maqtab gapirar, uning dutor chalishi, chok tikishi, to‘ppi bosishlarini hikoya qilar edi.
Cho‘lpon, Kecha va kunduz
24. ayn. ayn. Taxtakachlamoq 1.
25. 25. Maxsus usulda (to‘qimasdan) tayyorlamoq (kigiz, jun mato haqida).
Kigiz bosmoq.
26. -ib -ib Ravishdoshning shaklida kelib, biron-bir ish-harakatning surunkasiga, to‘xtamay, ketma-ket, paydar-pay bo‘lishini, amalga oshishini bildiradi.
Kechgacha bosib uxladim, juda toliqdim.
G‘. G‘ulom, Tirilgan murda
Men bari bir niyatimdan qaytmadim. Bosib sovchi qo‘yaverdim.
T. Murod, Ot kishnagan oqshom
achchiq choyni bosib ichib qoniqqach, izvoshni qo‘shdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Bir hafta bosib yoqqan yomg‘ir qora tuproqni ko‘pchitib yuborgan.
O‘zbekiston qo‘riqlari