1. 1. Bosig‘liq, bosilgan; ezilgan; pachaq bo‘lgan.
2. 2. Chekkaga yoki peshonaga tushirilgan (bosh kiyimi, do‘ppi haqida).
Beqasam to‘n, qo‘sh shohi qiyiq, Tus do‘ppisi manglayda bosiq.
Oybek
3. 3. O‘zini tuta biladigan, og‘ir, vazmin; sipo.
O‘shalarning gapi gap. Senam, ukam, lovullab ketmagin-da. Ha, bosiq bo‘l!
S. Anorboyev, Oqsoy
Mirjalil o‘ttiz yetti yoshlarga kirgan, ancha bosiq, og‘ir yigit.
Mirmuhsin, Hikoya va qissalar
Tilak pochcham bosiq yigit.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
Oysanam — bosiq tabiatli, kamgap, iffatli juvon.
M. Xayrullayev, Tilla marjon
4. 4. Bosinqi, vazmin; salmoqli, salmoq-dor.
Bosiq, lekin ta’sirchan so‘zlamoqda edi.
Sharq yulduzi
Ahmad o‘spirinlar tomonga o‘girildi. Bosiq ovoz bilan gapirdi.
F. Musajonov, Himmat
Zargarovning parishonligini payqagan Ziyoda sho‘xlikni qo‘yib, bosiqqina xayrlashdi.
A. Muxtor, Asarlar
5. 5. Yapasqi, yalpoq; puchuq.
Burnini jiyirganida qalin labi bosiq burniga tegay deb ketadi.
Mushtum