Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bolalik}
So‘z bo‘g‘inlari: bo-la-lik
Izoh(lar)i:
bolalik ot

1. 1. Yosh bolalarga xos xatti-harakat, qiliq. Bola bolaligiga boradi. Bola-da, murti sabza urib qolgan bo‘lsa hamki, bolaligini qo‘ymaydi. M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Safarali qayerda turadi desak, birov aytib beradimi? Bolaliging qursin! Dunyoda Safaralidan ko‘pi yo‘q. Oydin, Mardlik — mangulik

2. 2. Odamning hali voyaga yetmagan davri; yoshlik. U bolalikdanoq otlarni sevar, yaxshi otlarni boqish, tomosha qilishdan har vaqt zavqlanar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
Dunyodagi eng maroqli sayr bolalik yillari o‘tgan ko‘chalar bo‘ylab sayr etish bo‘lsa kerak. S. Siyoyev, Otliq ayol

3. 3. Farzandlik, farzand qilib olish, farzand qilib asrash. [O‘g‘limni] Bir befarzandga bolalikka berdim. Qayerda bo‘lsa, eson bo‘lsin. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Chaqaloqlik – go‘daklik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik
Ma’nosiga ko‘ra
( davrlariga ko‘ra)

2. Go‘daklik – chaqaloqlik – bolalik – yoshlik – o‘smirlik – yigitlik – keksalik – qarilik
Ma’nosiga ko‘ra
(davriy bosqichiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.