1. 1. Yangi tug‘ilgan, hali ko‘krakdan, ona bag‘ridan ajratilmagan go‘dak; chaqaloq.
Bola emizmoq. Bolani allalab uxlatmoq. Bola yig‘lamasa, ona sut bermaydi.
Maqol
O‘zbek oyim burchakda bola ko‘tarib o‘tirgan Zaynabdan chaqaloqni olib, uni jomni to‘kib kelishga buyurdi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
2. 2. Hali yosh, voyaga yetmagan odam.
Bolani yoshdan asra, niholni boshdan asra.
Maqol
Yaxshi boladan — rahmat, Yomon boladan — la’nat.
Maqol
Men kuyaman bolamga, Bolam kuyar bolasiga.
Maqol
Aldagani bola yaxshi.
Qanotli so‘zlar
— Hali bola ekansiz, — dedi Kumush.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Anvar kelishgan, do‘ndiq bola edi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ayol kishining fazilati bola bilan bo‘lgan munosabatida ochiladi.
F. Musajonov, Himmat
3. 3. Farzand, o‘g‘il-qiz, zurriyot.
Bir onadan alvon xil bola tug‘iladi, deganlaridek, Anvarning yaratilishi og‘alariga nisbatan boshqacha edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
▬
Odamning mevasi — bola.
Maqol
Bol shirin, boldan bola shirin.
Maqol
Bola aziz, odobi undan aziz.
Maqol
4. ko‘chma hma Yoshi ulug‘, ammo go‘daklarcha ish tutadigan, bolalarcha mulohaza yurgizadigan odam haqida.
— Nega ko‘nglimga olmay, men yosh bolamanmi! — dedi [Kumush].
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Ey xotin, bola bo‘lib qolgan-san desam, achchig‘ing keladi. Axir gapning oxiriga qadar tinglab turmaysanmi.
Oydin, Shirin keldi
5. 5. (ko‘pincha 1-shaxs egalik affiksi bilan) Yoshi kattalarning yoshlarga murojaat shakli.
— Uzr ayt, bolam. Zolim bilan tenglashma! — dedi chol.
Oybek, Tanlangan asarlar
— Meniki bedavo dard. Uh! — yengil xo‘rsindi Tohirjon. —Unday dema, bolam. Noumid shayton.
Oybek, Tanlangan asarlar
6. 6. Yangi tug‘ilgan, tuxumdan chiqqan, hali voyaga yetmagan yosh hayvon yoki parranda.
Qo‘ng‘iz bolasini oppog‘im der, kirpi bolasini yumshog‘im der.
Maqol
Ilonning bolasi — ilon, Chayonning bolasi — chayon.
Maqol
7. 7. Homila, qorindagi gumona.
— Bolang necha oylik bo‘ldi, yer yutgur? — bo‘g‘ilib so‘radi va qizni bir tepdi.
Oybek, Tanlangan asarlar
Mehri ikkiqat. Bola ikki oylik, uch oylik besh oylik Qanday qilib bo‘lsa ham, bolani tushirish kerak.
A. Qahhor, Boshsiz odam