Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bodom}
So‘z bo‘g‘inlari: bo-dom
Izoh(lar)i:
bodom ot

1. 1. Atirgullilar oilasiga mansub, sermoy mag‘zi iste’mol qilinadigan daraxt. Olmadan bodom bo‘lmas, tagi past odam bo‘lmas. Maqol
Bodom ming yillardan beri xalq tabobatida shifobaxsh bo‘lgan o‘simlik sifatida mashhur. M. Nabiyev, Bodom

2. 2. Shu daraxtning mevasi (danagi). Achchiq bodom. Bodom yog‘i. Odam — odam bilan, pista — bodom bilan. Maqol
Mehmonlarga pista, bodom, quruq mevalar juda mo‘l-ko‘l tortildi. Oybek, Navoiy
Jajji musht-chalariga bodommi, yong‘oqmi qisib olgan. S. Siyoyev, Otliq ayol
Abdishukur bodom-pista chaqib, achchiq choy ichib, yayrab o‘tirdi. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.