Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bobo}
So‘z bo‘g‘inlari: bo-bo
Izoh(lar)i:
bobo ot

1. 1. Otaning yoki onaning otasi (nabiraga nisbatan). Boboning tol ekkani — o‘ziga nom ekkani. Maqol. Bobom burgut boqish bilan menga qaradilar. S. Ahmad, Yulduz
Bola bobosini ikki-uch kun ko‘rmay ichikib qolgan. S. Ahmad, Ufq

2. 2. (faqat ko‘plik shaklida) O‘tmishda yashab o‘tgan qarindosh kishilar, ajdodlar. Agar Bobur mirzo Samarqandni tezroq egallamasalar, bobolardan qolgan saltanat begona sulola ilkiga o‘tib ketgusidur. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Bobolardan so‘zladim, ammo Bir zot borkim, baridan suyuk. A. Oripov, Yurtim shamoli

3. 3. Hurmat yuzasidan qariyalar nomiga qo‘shib ishlatiladi. Murod darrov turib, Hoji bilan so‘rashdi va nazokat bilan unga joy ko‘rsatdi: — Keling, Hoji bobo! Ko‘rin-maysiz, kelmaysiz? A. Qahhor, Yillar
Utar boboning otasi Gadoyniyoz bobo ham xon tabibi edi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Qolaversa, o‘zimizning shoir bobomiz Boborahim Mashrabning haq, haqiqat, adolat haqidagi g‘azallarini kim bilmaydi? K. Yashin, Hamza
Rais bobo ularning yonginasiga kelib, otdan tushdi, to‘riq yo‘rg‘ani o‘z holiga qo‘yib, dasturxon yoniga horg‘in cho‘kdi. N. Fozilov, Diydor

4. 4. Aziz-avliyolar nomiga qo‘shib ishlatiladi. Shayx Zayniddin bobo. Zangi bobo. Xizr bobo qo‘lingni baland qilsin. U. Ismoilov, Saylanma

5. tar. ar. O‘tmishda Buxoroning katta dahalarini nazorat qiluvchi bosh mirshab unvoni.

6. folk. lk. Oqsoqol, otaxon. Kambag‘allar Tog‘ayni bobo ko‘targan edi. U kambag‘allarga bosh bo‘lib turgan edi. Rustamxon

7. 7. Bobo (erkaklar ismi).

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: mavjud emas.
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.

Bobo tilbir tildan tarqalgan deb taxmin qilinuvchi, tuzilishi va boshqa xususiyati birbiriga yaqin, o‘xshash bo‘lgan tillar yoki bir butun holda til oilasi, unga asos bo‘lgan til. Mas., turkiy tillar, xususan, o‘zbek tili tarixi oltoy bobo tilidan boshlangan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, oltoy bobo tiliilk bor tungus-manchjur va turk-mo‘g‘ul tillariga, so‘ng turk-mo‘gul tili o‘z navbatida turk va mo‘gul tiliga ajralgan. Shuningdek, lotin tili – roman, ya’ni fransuz, italyan, ispan, rumin va boshqa tillar uchun bobo til.

Ibora(lar): mavjud emas.

1. Bobo-ota- bola- nabira-chevara-evara-duvara
Ma’nosiga ko‘ra
(qarindoshlikning davomiyligiga ko‘ra)

2. Chol – keksa – qariya – qari – mo‘ysafid – oqsoqol – boboy
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(belgining bo‘yoqdorligiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.