1. 1. Rangi quv o‘chib, oqarib ketmoq.
Ostonada turgan ayolning so‘lg‘in yuzi dokadek bo‘zardi, ko‘zlarida yosh tomchilari miltilladi.
H. Shayxov, Rene jumbog‘i
Teshaboyning lavlagiday qizarib ketgan yuzi birdan bo‘zardi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
Sidiqjonning rangi bo‘zarib ketdi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
2. 2. G‘ira-shira yorishmoq, xira tortib oqarmoq.
Tong bo‘zardi. Olamga yorug‘lik yoyila boshladi.
H. G‘ulom, Senga intilaman
Osmon bo‘zarib borardi. Tepada faqat bir yulduz, u ham so‘nay-so‘nay deb miltillab turibdi.
M. Mansurov, Yombi
Oppoq qor bosgan dalalar ustida bo‘zarib tong otdi.
H. G‘ulom, Mash’al