Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘ston}
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘s-ton
Izoh(lar)i:
bo‘ston ot

1. 1. Gul bilan qoplangan, gul ekilgan maydon; gullab-yashnagan bog‘. Mehnat qilinmasa, bo‘ston qayerda. G‘, G‘ulom
Tog‘lar qopqasini oshib o‘tgan on, Ro‘paramda ochildi bo‘ston. T. To‘la
Xilma-xil gullar xushbo‘y hid sochib, bo‘stonni yashnatib turar, shishadek tiniq suvlar shildirab oqib yotar edi. Chal-pak yoqqan kun

2. ko‘chma hma Bog‘-rog‘li obod yer, yashnagan, gullagan joy. O‘zbekiston — bo‘ston. Cho‘lni bo‘ston qilishga keldi sochi sunbullar. Qo‘shiqlar
Salom, maktab, hayot bo‘stoni, Keldim to‘ng‘ich o‘g‘lim yetaklab. Yo. Mirzo, O‘g‘il mehri
Yaxshi kishi cho‘lda bo‘ston yaratar, tikanlikda chin guliston yaratar. Qo‘shiqlar
Soqijon, endi qaddim bukildi, Dushmanlarim ko‘ngli endi bo‘stondir. Nurali

3. ko‘chma hma Og‘ush, quchoq; dunyo, olam. Istadim sayr aylamoqni men g‘azal bo‘stonida. E. Vohidov, Yoshlik devoni
U bir umr ma’shuqasiga intilib, nihoyat, uning vasliga yetgan baxtiyor oshiqday, she’riyat bo‘stoniga quloch yoyib kirdi. S. Siyoyev, Yorug‘lik
Sof bu ishq bo‘stonida ra’nolanibsiz muncha ham. S. Abdulla, Tohir va Zuhra
Endi bolalik bo‘stonidan hatlab o‘tib, o‘spirinlik fasliga qadam qo‘ygansiz. M. Osim, Karvon yo‘llarida

4. ko‘chma hma Sevgili, yor, rafiqa. Qayda qoldi yor-u do‘stlar, umr bo‘stonim qani? Sharq yulduzi
Ey hayot, sen meni bo‘stonimdan ayirding, quvonchga to‘la sevgimdan ayirding. Gazetadan

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: gulshan [f-t]
Omonimlari: mavjud emas.
Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Gulzor – gulshan – guliston – gulbog‘ – bo‘ston – chaman – chamanzor
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(uslubiy xoslanganlik darajasiga ko‘ra)

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.