1. tar. ar. Biror ish yuzasidan ish beruvchilarning ish bajaruvchilarga oldindan beradigan qarzi.
—Barakalla! — dedi Abduhalilbek. —Bunisi — bo‘nagi, ish bitgach, yana.
J. Sharipov, Xorazm
Yem-xashak yo‘q, bir poy ho‘kiz oriq-turuq, Qaydan bo‘nak olish bilmay, hamyon quruq.
G‘, G‘ulom
Men ishimga qarab so‘ray beraman, siz bo‘nak qilib beraverasiz.
M. Ismoiliy, Odamiylik qissasi
2. tar. ar. Ustaning o‘z shogirdiga uning ishlab berishi yoki keyinchalik qaytarishi sharti bilan beradigan qarz puli.
Bechora kosiblar oldinroq olib, yeb qo‘ygan bo‘nakning evaziga tishlarini tishlariga qo‘yib, har qancha og‘ir gap eshitsalar ham, chidab turib javob qilar edilar.
M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
3. bux. ux. Maosh hisobidan oy oxirida hisob-kitob qilish sharti bilan oldindan beriladigan pul; avans.