1. 1. Yuz bermoq, voqe bo‘lmoq.
Kecha majlis bo‘ldi. Bugun bir qiziq voqea bo‘ldi.
▬
Bir oydan keyin xuddi mana shu katta bog‘da dang‘illama to‘y bo‘ldi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Bo‘ldi kulgi! Ayniqsa, Mirrahimov zavq qilib kuldi
A. Qahhor, Asarlar
2. 2. Kelmoq, boshlanmoq; o‘tmoq, kechmoq (fasl, davr, payt va shu kabilar haqida).
Bahor bo‘ldi. Kech bo‘ldi. Vaqt bo‘ldi.
▬
Buvaydadan chiqib ketganimga yigirma yildan oshgandir, ko‘p ham bo‘lgandir.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
3. 3. Baholanmoq, biror narxga olinmoq yoki sotilmoq.
Sigir qancha bo‘ldi? — Arzon bo‘ldi. Bo‘lishi qancha? — Olavering, ot bilan tuya bo‘larmidi!
4. 4. Amalga oshmoq, bitmoq.
Bo‘ladigan ish. Bo‘lmaydigan ish. Hamma ish bir haftada bo‘ladi. O‘qish qanoat bilan bo‘ladi.
▬
Shunaqasiz-da, bo‘lmaydigan gapga ishonib, bo‘ladiganiga ishonmaysiz.
S. Ahmad, Hukm
Endi bo‘lar ish bo‘ldi, Asrorqul otaga aytmang.
A. Qahhor, Asarlar
5. 5. Taxt holga kelmoq, tayyor bo‘lmoq, bitmoq.
Qishligimizni hozirdan g‘amlab oldik. Kiyim-kechagimiz bo‘ldi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
6. 6. Yetarli bo‘ldi deb hisoblamoq; to‘ymoq.
Oshni oling! —
Rahmat, men bo‘ldim
7. ko‘chma hma (chiqish kelishigidagi so‘z bilan) To‘ymoq; ko‘rib-bilib hafsalasi qaytmoq; joniga tegmoq.
Men doridan bo‘ldim. Men hammalaringdan ham bo‘ldim.
8. 8. Tugatmoq, oxiriga yetkazmoq.
Ishim ko‘p emas, bir-ikki soatda bo‘lib qolaman.
▬
— Mana, bo‘ldi, — Muqaddam igna o‘rnini spirtli paxta bilan artib jilmaydi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
9. 9. Yaramoq; to‘g‘ri, muvofiq kelmoq.
Bu ish menga bo‘lmaydi Bu palto senga bo‘ladi. O‘ziga bo‘y bo‘lmagan, o‘zgaga yeng bo‘lmas.
Maqol
10. 10. Ega bo‘lmoq; bor, mavjud bo‘lmoq.
Bo‘lgani shu, boshqa yo‘q. Bunday yordamchining bo‘lganidan bo‘lmagani yaxshi.
▬
Buning o‘rniga hidlar tarkibida bo‘lgan zarralardan foydalansa bo‘lmasmikin?
X. To‘xtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
Dehqonning oti bo‘ladi-yu, ishga solinmaydimi?
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
11. 11. Biror joyga borib, tashrif buyurib, ma’lum vaqt turmoq, qo‘nmoq, yashamoq.
Xorazmda ko‘p bo‘lganman. Hayvonot bog‘ida bo‘lmaganman.
▬
Siz bizning hovlida bo‘lganmisiz?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
— Ko‘p martalab mehmon bo‘lgandim, — dedi qutidor, — ul vaqtda bobongiz ham hayot edilar,
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Dadang bu yerda ham, shahar hovlimizda ham bo‘lgan.
Oybek, Tanlangan asarlar
12. 12. Biror-bir tadbirda ishtirok etmoq, qatnashmoq, hozir bo‘lmoq.
To‘yda bo‘ldingizmi?
▬
Yaxshi, sen bu to‘rtovining o‘tirishlarida bo‘lganmiding?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
13. 13. O‘smoq, bitmoq (o‘simlik, hosil haqida).
Bizning yerlarda xurmo bo‘lmaydi. O‘zbekistonda paxta yaxshi bo‘ladi. shl Bu yerga anjir ek, laganday bo‘lmasa, kallamni ol.
Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
14. 14. Biror darajaga yetmoq, o‘z nasliga tortmoq.
Odam bo‘lmoq. O‘qib injener bo‘lmoq. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l.
Maqol
◆ Universitetni bitiraman, kandidat, doktor bo‘laman.
A. Qahhor, Og‘riq tishlar
15. 15. (chiqish kelishigidagi so‘z bilan) Dunyoga kelmoq, tug‘ilmoq.
Cho‘ridan bo‘lgan bola., uning ustiga — qiz, biyning sha’niga isnod edi.
A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
— Hoy, mingboshining haromidan bo‘lgan qizi, qanisan, bu yoqqa kel! — o‘shqirdi boyvachcha.
K. Yashin, Hamza
16. 16. (chiqish kelishigidagi so‘z bilan) Kelib chiqmoq, tug‘ilmoq.
Salomat Namanganning Chortoq qishlog‘idan bo‘ladi.
S. Ahmad, Hukm
17. 17. Biror harakat yoki narsaning yetarli bo‘lganini, me’yordan oshganini, qoniqqanlikni, mamnunlikni ifodalaydi.
Bo‘ldi, ketmonlarni bir yerga to‘planglar, ketdik.
S. Karomatov, Oltin qum
— Bo‘ldi, — qiz kula-kula kafti bilan yuzini to‘sdi. — Bo‘ldi, Marat aka, tavba qildim
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
E, bo‘ldi-bo‘ldi. Shodibekning o‘g‘liman, deng?
E. Raimov, Ajab qishloq
Mana, Ermat ota, mana bu ish bo‘pti-da.
P. Tursun, O‘qituvchi
18. 18. Biror harakat, tadbirni ma’qullamoq, unga qo‘shilmoq.
Bo‘pti, boradi! Biroq Xo‘jabekova ko‘narmikan?
S. Anorboyev, Oqsoy
Bo‘pti. Sizning tashabbusingizni quvvatlaymiz.
P. Tursun, O‘qituvchi
— Xo‘p bo‘ladi, — dedim-u, o‘rnimdan turdim.
E. Raimov, Ajab qishloq
19. 19. Sifat turkumidagi so‘zlar bilan birikib, qo‘shma fe’l hosil qiladi, masalan,
hayron bo‘lmoq, xursand bo‘lmoq, kir bo‘lmoq. Oz bo‘lsin, oz bo‘lsa ham, soz bo‘lsin.
Maqol
Jonim bilan, Rustamjon aka. Bundan ko‘nglingiz to‘q bo‘lsin.
K. Yashin, Hamza
Shov-shuv ko‘tarma! Dadang xabardor bo‘lib qolsa, yaxshi bo‘lmaydi.
Oybek, Tanlangan asarlar
20. 20.-(a)r,-(a)digan,-(y)digan,-moqchi affiksli fe’llar bilan qo‘shilib, istak, mayl ma’nolarini bildiradi.
U [Otabek] ko‘z yoshlarini to‘xtatmoqchi bo‘lar edi.
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
Shundan keyin chetdan kelgan odamlarga hushyor ko‘zim bilan qaraydigan bo‘ldim.
Mushtum
Uy qiladigan bo‘lsangiz, mening ko‘nglimga ham qarang-da.
A. Qahhor, Asarlar
Gulsumbibi qizi dam olgandan keyin, kechasi yoki ertaga astagina bildirmoqchi bo‘ldi.
Oybek, Tanlangan asarlar
21. 21.-day,-dek affiksli fe’llar bilan qo‘shilib, ish-harakatning jarayoni, holatini bildiradi.
Hamroqul suvni ichib, bir oz o‘ziga kelganday bo‘ldi.
A. Qahhor, Asarlar
Nogoh Bektemir dahshatli tushdan uyg‘ongandek bo‘ldi.
Oybek, Quyosh qoraymas
Turib-turib, goho uni tushimda ko‘rganday bo‘laman.
S. Siyoyev, Yorug‘lik
22. 22.-(i)b affiksli ravishdoshdan keyin ko‘makchi fe’l vazifasida kelib, ish-harakatning tugallanganligini bildiradi.
Samandarov xatni o‘qib bo‘ldi, uning ustiga kaftini qo‘yib, To‘lagan akaga qaradi.
A. Qahhor, Qo‘shchinor chiroqlari
Ayol paxtasini to‘kib bo‘lguncha, G‘ulomjon unga yer ostidan razm solib turdi.
M. Ismoiliy, Farg‘ona tong otguncha
23. 23. Bo‘lishsiz shakllarda kelib, ish-harakatning amalga oshirilishi qiyinligini yoki mumkin emasligini bildiradi.
It og‘zidan suyak olib bo‘lmas.
Maqol
So‘z chumchuq emas, Og‘izdan chiqsa, tutib bo‘lmas.
Maqol
Yoz yomg‘iri loy bo‘lmas, O‘g‘ri aslo boy bo‘lmas.
Maqol
U yig‘lab yubormaslikka har qancha harakat qilsa ham, bo‘lmadi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
24. 24. Ot kesim tarkibida bog‘lama vazifasida keladi.
O‘ktam Abdullayev maktabga direktor bo‘ldi. Bu kishi bizning tog‘amiz bo‘ladilar.
▬
Erkak odam bir so‘zli bo‘ladi.
S. Ahmad, Ufq
Bola vujudi nozik bo‘ladi.
Gazetadan
Xotin kishining ko‘z yoshi shirin bo‘ladi.
O‘. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
/Qushbegi:] Qutidor bilan Otabekning kimi bo‘lasiz, singlim?
A. Qodiriy, O‘tgan kunlar
25. 1. Butunni (sindirib, qirqib, yorib yoki biror boshqa yo‘l bilan) bo‘laklarga ajratmoq, bo‘lak-bo‘lak qilmoq.
Patirni to‘rt bo‘lmoq. Qog‘ozni ikkiga bo‘lmoq.
▬
Sherzod qilichi bilan sherni ikkiga bo‘lib tashladi.
Ertaklar
Yuk mashinasi changni qoq ikkiga bo‘lib, yo‘lga tushdi.
N. Qobul, Bemorlar
26. 2. Ma’lum qismlarga, guruhlarga ajratmoq, taqsimlamoq.
Asarni boblarga bo‘lmoq. Bolalarni guruhlarga bo‘lmoq.
27. mat. at. Bo‘luv amalini bajarmoq, yechmoq.
Katta sonni karrali kichik songa bo‘lmoq.
28. 4. O‘rtada taqsim qilmoq, ulashmoq.
Daromadni bo‘lmoq. Merosni bo‘lmoq.
▬
Xotinlar dasturxondagi tuz, may iz va choyni bo‘lib olishdi.
S. Ahmad, Hukm
Yigitlar istehkomga borishib, o‘q-dorilarini bo‘lib olishdi.
Nazarmat, Jo‘rlar baland sayraydi
29. 5. Tashkilot, muassasa, korxona va shu kabilarni kichikroq mustaqil qismlarga, bo‘limlarga ajratmoq.
Institutni ikkiga bo‘lmoq.
30. ko‘chma hma Gap, so‘z, suhbat va shu kabilarni to‘xtatib yoki kesib qo‘ymoq.
Eshikdan kirib kelgan maxdum ularning so‘zini bo‘ldi.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Bektemirov gapini tugatmagan ham ediki, Tursunboy ota kelib, suhbatni bo‘ldi.
S. Ahmad, Hukm
31. 7. Shaxsning xayoli, fikri, o‘yi va boshqalarga xalaqit bermoq, uni chalg‘itmoq.
Yoqimsiz, jirkanch kulgi Ahmadning xayolini bo‘ldi.
F. Musajonov, Himmat
Hamisha ish chog‘ida kelib, fikrimni bo‘lasan.
A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
G‘ayrat uning fikrini bo‘lmaslik uchun, miq etmay bormoqda.
M. Hazratqulov, Jur’at