1. 1. Qism, xona va shu kabilarga ajratilgan narsalarning har bir qismi, xonasi; bo‘lmasi.
Binoning bo‘limlari. Kemaning bo‘limlari.
2. 2. Idora va turli ishxonalarning ma’lum ish bilan shug‘ullanadigan har bir qismi; muayyan idoraga qarashli quyi idora, sho‘ba.
Vazirlikning kadrlar bo‘limi. Institutning bo‘limlari. Shahar moliya bo‘limi.
▬
Vakillarning uncha katta bo‘lmagan apparatida oziq-ovqat, moliya va ma’muriy bo‘limlar bor.
Sh. Xolmirzayev, So‘nmas o‘t
Maorif bo‘limida ish qizg‘in edi.
P. Tursun, O‘qituvchi
Mahvashning otasi — rayon moliya bo‘limining mudiri.
T. Ashurov, Oq ot
Nusratbek aloqa bo‘limiga ikki-uch marta borib, uyi bilan gaplasha olmadi.
S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
3. 3. Magazin, muzey, ombor va shu kabilarning bir turdagi narsalar to‘plangan (qo‘yilgan) har bir qismi.
Magazinning poyabzal bo‘limi. Muzeyning qadimgi dunyo bo‘limi.
▬
Magazinda hozir o‘n beshta bo‘lim ishlab turibdi.
Gazetadan
Vaqt o‘tkazmay, [magazindan] o‘zingizga kerakli bo‘limda bir zumda ishingizni bitirib chiqasiz.
Gazetadan
4. 4. Ilmiy ish yoki badiiy asarning, davriy nashrlar va to‘plamlarning har bir mustaqil qismi.
Dissertatsiya besh bo‘limdan iborat. Romanning uchinchi bo‘limi. Jurnalning bibliografiya bo‘limi. Gazetaning e’lonlar bo‘limi.
▬
Biror abzasga kelib, so‘ngra qarasa kerak, deb o‘yladim. Yo‘q, bir necha bet va hatto katta bir bo‘limdan ham o‘tib ketdi, qaramadi.
Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi
Studentlik chog‘larimda redaksiyalardan biriga she’r olib bordim. Bo‘limdagilarga ma’qul bo‘lib, olib qolishdi.
Shukrullo, Javohirlar sandig‘i
5. 5. O‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari oralig‘i.
Termometr bo‘limlari.