1. bag‘ri xun bo‘ldi: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi
2. bir jon-bir tan bo‘ldi: hamjihat bo‘ldi, yakdil bo‘ldi
3. bir paqir bo‘ldi: barbod bo‘ldi
4. bir pul bo‘ldi: barbod bo‘ldi
5. bir yoqli bo‘ldi: hal bo‘ldi, ajrim bo‘ldi, tugadi
6. boshi ikkita bo‘ldi: uylandi
7. dili siyoh bo‘ldi: juda xafa bo‘ldi
8. ikki ko‘zi to‘rt bo‘ldi: intizor bo‘ldi
9. jigar bag‘ri xun bo‘ldi: 1)ziq bo‘ldi 2)ruhan azoblandi
10. jonidan bezor bo‘ldi: ortiq toqat qilolmasligi tufayli o‘limiga ham rozi bo‘ldi
11. kayfi xush bo‘ldi: xursandchilik qildi, dilxushlik qildi
12. ko‘ngli g‘ash bo‘ldi: tashvish qildi
13. ko‘ngli xira bo‘ldi: tashvish qildi
14. ko‘zi ko‘r, qulog‘i kar bo‘ldi: hech narsani ko‘rmaydigan, eshitmaydigan bo‘ldi
15. ko‘zi to‘rt bo‘ldi: intizor bo‘ldi
16. ko‘zilari chanog‘idan chiqar bo‘ldi: 1)g‘azabi qo‘zib, asabiylashdi 2) hayrati ko‘zida aks etib, ko‘zi chaqchaydi
17. ora ochiq bo‘ldi: olish-berish muomalasini ro‘y-rost hal yetdi
18. oyoq osti bo‘ldi: poymol bo‘ldi, tahqirlandi
19. qo‘li yuqori bo‘ldi: raqobatda, musobaqada vaziyati ustunlik qildi
20. sichqonning ini ming tanga bo‘ldi: qochib qutulgani joy topilmay qoldi
21. so‘z tegadigan bo‘ldi: tanbeh eshitadigan bo‘ldi
22. sochi tikka bo‘ldi: bir lahzaning o‘zida nihoyatda g‘azablandi
23. ta’bi kir bo‘ldi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi
24. tabiati tirriq bo‘ldi: kayfiyati yomonlashdi, xafa bo‘ldi
25. toqati toq bo‘ldi: sabr chidami tugadi
26. uch pul bo‘ldi: barbod bo‘ldi
27. yer bilan bitta bo‘ldi: sochilib ketdi, betartib holda sochilib yotdi
28. yer bilan yakson bo‘ldi: butunlay yemirildi, yo‘q bo‘ldi