Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘lakcha}
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘-lak-cha
Izoh(lar)i:
bo‘lakcha sf

1. 1. Kichkina bo‘lak, parcha; bo‘lakning bo‘lagi. Tosh bo‘lakchalari. Bir necha haftami, oymi, sen yashagan ana shu joyda allanarsang qolganday bo‘ladi. Allaqayering jiz etib ketadi. Shunda qalbingning kichik bir bo‘lakchasini qoldirganday his qilasan. R. Fayziy, Cho‘lga bahor keldi

2. 2. Boshqalaridan, avvalgilaridan biror jihati bilan yoki tamomila farqlanadigan; boshqacha, o‘zgacha. Bo‘lakcha iltifot. Bo‘lakcha qarash. Tog‘-yaylovning gashti bo‘lakcha. Yoshlik
Obidjonning bu qarashi avvalgi befarq qarashlardan mutlaqo bo‘lakcha edi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
Xato qilibman, sen olov ekansan, bo‘lakcha yigit ekansan. Oybek, Tanlangan asarlar

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: boshqacha

1. bo‘lakcha I Ot
bo‘lakning parchasi, kichkina bo‘lak

2. bo‘lakcha II Sifat
kutilgandan farqli; boshqacha, o‘zgacha

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.

1. Boshqacha – bo‘lakcha – o‘zgacha – ayricha
Bo‘yog‘iga ko‘ra
(ko‘p-oz qo‘llanishiga ko‘ra )

Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.