Lug‘atlar

So‘z tarkibi: {bo‘g‘oz}
So‘z bo‘g‘inlari: bo‘-g‘oz
Izoh(lar)i:
bo‘g‘oz ot

1. 1. Qornida bolasi bor (hayvonlar haqida). Bo‘g‘oz sigir. Bo‘g‘oz sovliq. Bo‘g‘oz quyonlarni homiladorlik davrida o‘z vaqtida sifatli ozuqa va toza suv berib parvarish qilish lozim. Fan va turmush

2. s. t. t. Homilador. Tug‘ishiga to‘rt oy qolgan bo‘g‘oz xotinlar ham ishga chiqmaydilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
Bir necha bo‘g‘oz xotinlar Kulishib, o‘zidan ketdi. Hasanxon

3. geogr. Ikki suv havzasini tutashtiruvchi tor suv yo‘li. Gibraltar bo‘g‘ozi. Dushmanni izma-iz quvib borayotgan qo‘shinlar bilan Abdullayevning vzvodi ham Kerch bo‘g‘oziga yetib bordi. A. Rahmat, Qahramon sapyor

Antonim(lar)i: mavjud emas.
Sinonim(lar)i: homilador [a+f-t]

1. bo‘g‘oz I Ot
ikki suv havzasini tutashtiruvchi tor suv yo‘li

2. bo‘g‘oz II Sifat
qornida bolasi bor, ikkiqat

Paronimi: mavjud emas.
Qomus: mavjud emas.
Ibora(lar): mavjud emas.
Darajalanish qatori: mavjud emas.
Milliy bo‘yoqdor so‘z: mavjud emas.